So’nggi yangiliklar

12:52Зидан Франция терма жамоасидаги мураббийлар штабини шакллантирмоқда 0 12:31Рамазон Темировнинг укаси ҳам Mangu 2 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 12:10Кадетларимиз Тошкентда йиғин бошлашди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:49Фомин рейтингда ўзидан деярли 600 поғона қуйидаги теннисчига мағлуб бўлди 0 11:28FIFA Series 2026 турнирида кузатишга арзирли юлдузлар 0 11:07Нурсултон Рўзибоев Америка Қўшма Штатларига жўнаб кетди, икки ойдан кейин жанг (ФОТО) 0 10:39Ғуломжон Абдуллаев PWL 11 турнирида икки рақиб билан жанг қилади! 0 10:14Конор Макгрегор жангларга қайтиши ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди 0 09:44“Бобур Арена” 24/7 форматдаги мажмуага айланади 0 09:20Фрэнсис Нганну: "UFC’дан кетиш — ҳаётимдаги энг тўғри қарор" 0 08:57Велотрекчиларимиз Осиё чемпионатида илк бор жамоавий йўналишда шоҳсупага кўтарилишди 0 08:34Қозоғистон ҳам Осиё чемпионати учун таркибини эълон қилди 0 08:07Биринчи лигада 29 та жамоа иштирок этади: Самарқанддан 3 та клуб 0 19:30Менежер Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлишини маълум қилди 0 19:06Исраэль Адесанья Чимаевни танқид қилди 0

26 mar 11:28
Yangiliklar

Futbol

FIFA Series 2026 turnirida kuzatishga arzirli yulduzlar

FIFA o'rtoqlik maqomidagi turnirda etibor qaratish lozim bo'lgan yulduz futbolchilarni etirof etdi.

Erkaklar o'rtasidagi FIFA Series 2026 musobaqasi start oldi. Ushbu o'ziga xos o'rtoqlik turnirining ikkinchi mavsumida 34 ta mamlakat ishtirok etadi. Quyida FIFA turnir davomida kuzatishga arziydigan yulduz futbolchilarga to'xtalib o'tadi.

Oliver Antman – Finlyandiya

Ajoyib dribling qobiliyatiga ega, tezkor va to'g'ridan-to'g'ri hujumga o'tadigan vinger Antman kelgusi to'rt yillik ciklda jiddiy o'sishni ko'zlayotgan yangilangan Finlyandiya terma jamoasining asosiy figurasi hisoblanadi. 2024/25 yilgi mavsumda "Gou Exed Iglz" safida Niderlandiya chempionatining 35 ta o'yinidagi 21 ta golda bevosita ishtirok etgan 24 yoshli futbolchi o'tgan yili "Reynjers"ga ko'chib o'tdi va jarohatlar girdobida o'tayotgan joriy mavsumda shu kungacha to'rtta golga hissa qo'shdi.

Finlyandiya FIFA Series doirasida Yangi Zelandiya va Kabo-Verdega qarshi maydonga tushadi.

Jerald Dias – Puerto-Riko

Maydonning har qarichida harakat qiladigan yarim himoyachi Dias qariyb o'n yildan beri "Los Borikuas" (Puerto-Riko terma jamoasi laqabi) motorlar bo'limining asosiy tayanchi bo'lib kelmoqda va u global turnirda o'zini ko'rsatish imkoniyatidan zavq olishi shubhasiz. Yarim himoyaning istalgan nuqtasida o'zini erkin his qiladigan, biroq ko'proq tayanch zonasida o'ynashni xush ko'radigan Dias bosim ostida o'zini xotirjam tutadi, raqiblarni aldab o'tishga va xavfli uzatmalarni amalga oshirishga usta.

Puerto-Riko Guam hamda Amerika Samoasiga qarshi bahs olib boradi.

photo_2026-03-26_09-33-12.jpg

Lukas Xerrington – Avstraliya

Bundan 15 oy oldin hali kattalar futbolida o'zini sinab ko'rishga ulgurmagan 18 yoshli himoyachi hayratlanarli yuksalishga erishdi. Uning professional debyutiga qadar sobiq jamoasi "Brisben Roar"dagi murabbiyi Xerringtonni "Avstraliya futbolidagi eng yaxshi himoyachi" deb atagan edi. Hali maktabda o'qib yurgan kezlari "Kolorado Repids" bilan shartnoma imzolagan futbolchi darhol asosiy tarkibga kirishib ketdi va klubning MLSdagi joriy mavsumida muntazam maydonda bo'ldi. Bo'ydor, tezkor, to'p bilan erkin harakatlanadigan va birga-bir vaziyatlarda yaxshi o'ynaydigan Xerrington Jahon chempionatiga uch oy qolganda "Socceroos" (Avstraliya terma jamoasi) safida debyut qilish arafasida turibdi.

Avstraliya Kamerun va Kyurasaoga qarshi maydonga tushadi.

Elayja Jast – Yangi Zelandiya

SHotlandiya va Yangi Zelandiya futbolidagi eng xaridorgir o'yinchilardan biri, "Mazervell"ning ko'p qirrali hujumchisi FIFA Series va yaqinlashib kelayotgan 2026 yilgi Jahon chempionatida kuzatish kerak bo'lgan futbolchilardan biridir. 25 yoshli futbolchi maydon bo'ylab ko'zga tashlanmay harakatlanish va ikkala qanotda yoki markaziy hududlarda to'satdan paydo bo'lish qobiliyatiga ega, bu erda uning tezkor oyoqlari va uzatmalarni ko'ra olish qobiliyati raqiblar uchun o'ta xavflidir. U "Po'latchilar" safidagi debyut mavsumida 14 ta golda ishtirok etdi, shuningdek, Yangi Zelandiya terma jamoasi safida o'tkazgan 40 ta o'yinida 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Yangi Zelandiya Kabo-Verde va Finlyandiya bilan kuch sinashadi.

Abduqodir Husanov – O'zbekiston

O'tgan yilning yanvar oyida "Lans"dan ko'chib o'tganidan so'ng "Manchester Siti"dagi hayotini barqaror boshlagan markaziy himoyachi Husanov joriy mavsumda "shaharliklar" himoya chizig'ining asosiy ustuniga aylandi. Aql bovar qilmas tezlik va to'p bilan erkin muomala qilish qobiliyatiga ega bo'lgan 22 yoshli futbolchi kelgusi yillarda ham klub va milliy terma jamoaning asosiy yulduzi bo'lishi kutilmoqda.

O'zbekiston Gabon va Venesuelaga qarshi o'ynaydi.

492054.jpg

Kristian Kofane – Kamerun

"Bayer" hujumchisi Kofane milliy terma jamoasidagi debyutini faqatgina 2025 yilgi Afrika Millatlari Kubogida o'tkazdi, biroq to'rtta o'yinda ikkita gol urib, o'zini ko'rsata oldi. Bo'ydor, tezkor, to'p bilan mohirona harakatlanadigan va istedodli dribler bo'lgan 19 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesligada beshta gol va to'rtta golli uzatma bilan ko'pchilikning etiborini tortdi.

Kamerun Avstraliya va Xitoyga qarshi maydonga tushadi.

Salomon Rondon – Venesuela

Faxriy hujumchi Rondon pasayish alomatlarini ko'rsatmayapti, 36 yoshli futbolchi "Vinotinto" safidagi gollari sonini ellikka yaqinlashtirmoqda. Gavdali "targetmen" o'z vatanida, Ispaniya, Rossiya, Angliya, Xitoy va Argentinada darvoza to'rlarini titratgan va haligacha Meksikada bu ishni davom ettirmoqda. U 2024 yil "Pachuka"ga kelganidan beri har ikki o'yinda o'rtacha bittadan gol urmoqda.

Venesuela Trinidad va Tobago hamda Gabonga qarshi o'ynaydi.

Piter SHalulile – Namibiya

Ayni paytda Afrikaning eng xavfli hujumchilaridan biri bo'lgan SHalulile ushbu o'yinlarga o'z terma jamoasi safida ketma-ket to'rtta o'yinda to'rtta gol urgan holda etib keldi va o'zining 52 ta o'yindagi 19 ta gollik ko'rsatkichini yanada oshirishga harakat qiladi. JARning gigant klubi "Mamelodi Sandaunz" safida 225 ta o'yinda 107 ta gol urgan SHalulile har qanday vaziyatni gol bilan yakunlash quroliga va havodagi kuchli o'yinga ega.

Namibiya Qozog'iston va Komor orollariga qarshi bahs olib boradi.

Vozinya – Kabo-Verde

O'z hisobida 86 ta o'yinga ega bo'lgan haqiqiy milliy afsona, darvozabon Vozinya Kabo-Verdening ilk bor Jahon chempionatiga yo'llanma olishida o'zini ko'rsatdi va ushbu musobaqada ham yana hammani hayratda qoldirishga tayyor. 39 yoshli posbon saralash bosqichining o'nta o'yinidan ettitasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va "akulalar" "D" guruhida birinchi o'rinni egallashganida bor-yo'g'i sakkizta gol o'tkazib yubordi. U 2026 yilgi Jahon chempionati arafasida 40 yoshga to'ladi, ammo unda pasayish alomatlari umuman sezilmayapti.

Kabo-Verde CHili va Finlyandiyaga qarshi maydonga tushadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing