So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

14 may 19:16
Yangiliklar

Futbol

FIFAdan so'nggi ogohlantirish: "Bunyodkor" 30 kun ichida Rivaldo oldidagi qarzini uzishi kerak, aks holda...

Malumki, “Bunyodkor” futbol klubi hamda uning sobiq futbolchisi Rivaldo Ferreyra (2008-10 yillarda) o'rtasidagi nizo Lozannadagi Sport arbitraj sudi tomonidan ko'rib chiqilib, 2023 yil 6 noyabr kuni hal qiluv qarori chiqarilgan.

“Bunga ko'ra, “Bunyodkor” futbol klubiga mazkur sobiq futbolchisi oldidagi qarzdorlikni to'lab berish bo'yicha majburiyat yuklangan. “O'zbekneftgaz” AJning o'sha davrdagi rahbariyati topshirig'iga binoan 2024 yil 30 mart kuni “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan futbolchi bilan qarz majburiyatlari miqdorini kamaytirish, uni bo'lib-bo'lib to'lash muddatlari bo'yicha kelishuvga erishilgan.

Mazkur kelishuvga muvofiq, qarzdorlik o'z vaqtida to'lanmagan taqdirda “Bunyodkor” futbol klubiga katta miqdordagi qo'shimcha moliyaviy majburiyatlar vujudga kelishi qayd etilgan. O'tgan ikki yil davomida “O'zbekneftgaz” AJning moliyaviy ko'magi bilan Rivaldo Ferreyra oldidagi qarzdorliklar o'z vaqtida bartaraf etib kelindi.

Joriy yil uchun Rivaldo Ferreyra oldidagi qarzdorlik bo'yicha to'lovlar 2026 yil 15 aprelga qadar amalga oshirilishi lozim edi. Biroq unga joriy yil uchun belgilangan to'lovlar futbol klubidagi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli hozirgi kunga qadar amalga oshirilmasdan kelinmoqda. Joriy yilning 6 may kuni mazkur futbolchining qonuniy vakillari tomonidan “Bunyodkor” futbol klubiga rasmiy ogohlantirish xati yuborildi. Unga ko'ra, 48 soat ichida belgilangan qarzdorlikni bartaraf etish so'ralgan bo'lib, agar qarzdorlik ushbu muddatda bartaraf etilmasa, o'zaro kelishuvlarda belgilangan qarzdorlik bo'yicha chegirmalar bekor bo'lishi, qarzdorlik kechiktirilgani uchun kompensaciya va boshqa to'lovlar undirish yuzasidan FIFAga murojaat qilinishi bayon etilgan.

Yuqoridagi qayd etilgan holatlar bo'yicha 2026 yil 7 may kuni 01/228-sonli xat bilan “O'zbekneftgaz” AJ hamda O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyatlariga malum qilindi.

SHundan so'ng, joriy yilning 14 may kuni mazkur futbolchi ishi bo'yicha FIFA tomonidan “Bunyodkor” futbol klubiga rasmiy ogohlantirish va jarima qo'llash borasida xat yuborildi. Unga ko'ra, 30 kun ichida Rivaldo Ferreyra oldidagi belgilangan qarzdorlikni bartaraf etish so'ralgan bo'lib, agar qarzdorlik ushbu muddatda bartaraf etilmasa, FIFA tomonidan klubga nisbatan transfer taqiqi qo'llanilishi bayon etilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing