01 jan 10:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Filipovich - Rizin Gran-Pri turniri g'olibi!
Yaponiyada aralash qoidalar bo'yicha Rizin 4 turniri yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangida eng og'ir vazn toifasida Gran-Pri turniri g'olibi aniqlandi.
Hal qiluvchi final jangida Mirko “Krokop” Filipovich Amir Aliakbari bilan to'qnash keldi. Jang uzoq davom etmadi.
Birinchi raundning ikkinchi daqiqasidayoq tajribali Filipovich chap qo'lda bergan kuchli zarbalari evaziga raqibini nokautga uchratdi. Bu bilan Mirko ilk bor o'tkazilgan Gran-Pri Rizin turniri g'olibiga aylandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar