09 dek 12:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Finalda Zoirovga yutqazgan Aloyan Rio-2016 kumush medalidan mahrum qilinadi
Boks bo'yicha Rossiya terma jamoasi azosi Misha Aloyan Rio-2016 Olimpiadasida qo'lga kiritgan kumush medalidan mahrum qilinadi.
Sentyabr oyida Fancy Bears xakerlik guruhi Butunjahon antidoping agentligining (WADA) bazasini buzib kirib, Olimpiadada doping holati aniqlangan sportchilar ro'yxatini qo'lga kiritgandi. Ushbu qora ro'yxatda Aloyan ham bor edi.
Misha 21 avgust, yani musobaqaning so'nggi kuni doping-test topshirgandi. Uning qon tarkibida taqiqlangan modda borligi aniqlangandi. Xalqaro antidoping tashkiloti rossiyalik bokschidan kumush medal olib qo'yilishini tasdiqladi.
Bokschining murabbiyi esa Misha shamollab qolgani uchun bu preparatni qabul qilganini aytmoqda.
Eslatib o'tamiz, Misha Aloyan Rio Olimpiadasining final jangida hamyurtimiz SHahobiddin Zoirovga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar