29 dek 09:01
Yangiliklar
Futbol
"Fiorentina" futbolchisi terma jamoaga rad javobini bergani uchun futboldan chetlatilishi mumkin
"Fiorentina" va Angola terma jamoasi hujumchisi Mbala N'Zola Afrika millatlari kubogida qatnashishni istamayotganligi uchun chetlatilishi mumkin.
N'Zola shanba kuniga qadar yakuniy qarorga kelishi kerak. U nima uchun Angola terma jamoasida o'ynamoqchi emasligiga asos keltirishi lozim. Agar u buni uddalay olmasa, Angola futbol federaciyasi tomonidan chetlatilishdan tashqari, ishga FIFA ham aralashishi mumkin. Tashkilot futbolchiga nisbatan jiddiy choralar ko'rishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Afrika millatlari kubogi 19 yanvar - 11 fevral kunlari o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Corriere dello Sport
Fikrlar