04 apr 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Firuza SHaripovadan chempionlik kamari olib qo'yildi
Qozog'istonlik bokschi Firuza SHaripova IBO yo'nalishi ikkinchi o'rtaengil vazn toifasida jahon chempioni unvonidan mahrum bo'ldi.
Endi Firuza SHaripova tashkilot rasmiy saytida jahon chempioni sifatida qayd etilmagan.
Malumot uchun, Firuza 2017 yilning 30 dekabr kuni Olma Ota shahrida belgiyalik Jemilla Gontaryukni mag'lubiyatga uchratib, IBO kamari sohibasiga aylangandi.
Hozirda SHaripovaning hisobida faqat WIBA kamari bor.
Havola :
Manba : Sports.kz
Fikrlar