26 fev 13:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Firuza SHaripovaga Olimpiadada boshqa mamlakat nomidan qatnashish uchun yaxshigina pul taklif qilindi
Professional boksda jahon chempioni hisoblangan qozog'istonlik charm qo'lqop ustasi Firuza SHaripovaga Olimpiadada boshqa mamlakat sharafini himoya qilish taklifi bilan chiqishdi.
Bu haqida uning menejeri Sergey Zaveliyskiy aytib o'tdi.
"Osiyoda Feruza mashhur. Uning janglarini FOX ASIAda ko'rsatishadi. Unga ikkita taklif tushdi: Biri Sobiq Ittifoq mamlakatlaridan biri, yana biri Osiyo mamlakati. Ikkinchi variant Firuza uchun o'sha mamlakat bayrog'i ostida Olimpiadada ishtirok etish uchun 1 million dollar taklif qildi. SHuningdek, mukofot pullarini ham vada qildi.
Ammo, men ushbu mamlakat qaysi davlat ekanligini aytmayman. Ahir u taklifni o'ylab o'tirmay rad etdi. U doimo Qozog'iston sharafini himoya qilgan va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Ayni paytda biz Olimpiadada qatnashish imkoniyatlarini ko'rib chiqyapmiz", - dedi menejer.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar