12 may 15:32
Yangiliklar
Futbol
Flik chempionlik unvonidan so'ng "Barselona" bilan yangi shartnoma imzoladi
Muvaffaqiyatli "El Klasiko" va La Liga chempionligidan so'ng Xans-Diter Flik "Barselona" bilan bitimini uzaytirdi.
Bu haqda Fabricio Romano malum qildi.
"Yangi shartnoma 2028 yil iyun oyigacha amal qiladi, uni 2029 yil iyun oyigacha uzaytirish imkoniyati mavjud — potencial yana 3 mavsum", – deyiladi xabarda.
"Barselona" o'z uyida ashaddiy raqibi "Real" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonib, muddatidan oldin Ispaniyaning 2025/26 yilgi mavsum chempioni bo'ldi.

Havola :
Fikrlar