04 dek 12:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Floyd Meyvezer 600 000 dollar jarima to'laydi. Nega?
AQSH qimmatli qog'ozlar va fond bozori qo'mitasi (Securities and Exchange Commission) beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerni jarimaga tortdi.
Amerikalik afsonaviy bokschi yashirin reklamadan foydalangani uchun 614 000 dollar jarima to'ladi. 1933 yilda qabul qilingan qonunga ko'ra, qimmatli qog'ozlarni reklama qilayotgan shaxs o'ziga berilayotgan summa haqida malumot berishi shart.
Lekin Meyvezer o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi millionlab o'quvchilariga reklama postini qo'yib bergani uchun 300 000 dollar olganligini elon qilmadi. Bu esa AQSH qonunchiligida qatiy belgilab qo'yilgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar