29 noy 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/23599_220.jpg)
Floyd Meyvezer: “Boshqa jang o'tkazmayman, xatto milliard dollarga ham”
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer (50-0, 27 KO) ringga boshqa qaytmasligini rasman malum qildi.
Amerikalik engilmas bokschi kuni kecha matbuotda tarqatilgan xabarlar hech qanday asosga ega emasligini aytgan. Bir nechta internet nashrlari Floydning to'liq kuch bilan mashg'ulot o'tkazayotgani va u tez orada faoliyatidagi 51-jangini o'tkazishi mumkinligini chop etgandi.
“Men o'zimni boksdan tashqari hayotda baxtiyor xis etyapman. Boshqa ringga ko'tarilmayman. Xatto milliard dollar taklif qilishsa ham bunga rozi bo'lmayman”, - dedi Meyvezer.
Havola :
Fikrlar