20 sen 18:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Floyd Meyvezer: “Golovkin qachongacha “mayda bolalar” bilan jang qiladi?”
Professional boksning beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer qozog'istonlik Gennadiy Golovkinning manziliga iliq fikrlar bildirdi.
39 yoshli Meyvezer meksikalik Saul “Kanelo” Alvaresning tomoni bo'lmoqda. Bugungi kunda keng boks jamoatchiligi aynan Golovkin va Alvares o'rtasidagi jangni kutmoqda.
“Ochig'ini aytsam, Kanelo Golovkinni mag'lub eta oladi, - deydi Meyvezer. - Menimcha, Saul Golovkin bilan jang qilish uchun o'rta vaznga ko'tarilmasligi kerak. Gennadiy yarim o'rta va birinchi o'rta vazn toifasidagi “mayda” bokschilar bilan jang qilib o'rganib qolgan. Xo'sh, Golovkinning o'zi qachon yuqori vaznga ko'tariladi”.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar