08 dek 13:52
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/50053_220.jpg)
Floyd Meyvezer: Men hech qachon qafasda urishmayman
Amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer jiddiy bayonot bilan chiqdi.
Engilmas Floyd aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bilan ehtimolli jangi xususida gapirdi.
- Men ring uchun tug'ilganman. MMA mening makonim emas. Hech qachon qafas ichidagi janglarda ishtirok etmayman. Konor Makgregor ringda menga qarshi chiqqan MMA jangchisi qanday ahvolga tushishiga o'zi guvoh bo'ldi.
Endi xuddi shu narsani Xabib ham ko'rishni istayapti. Men bunga qarshi emasman. U bilan boks qoidalari asosida ringda to'qnash kelishga tayyorman. Agar bu jang o'tkazilmagan taqdirda ham men bundan hech narsa yutqazmayman. Menga issig'i ham, sovug'i ham yo'q, - dedi Meyvezer.
Havola :
Fikrlar