10 jan 09:47
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/26354_220.jpg)
Floyd Meyvezer: "Promouter bo'lib ishlashda davom etaman"
Amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer (50-0, 27 KO) bugungi kundagi promouterlik ishidan ko'ngli to'layotganini malum qildi.
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni promouterlik faoliyatidagi ishi hali o'z mevasini berishiga ishonadi.
“To'g'ri, Mikki Bey mag'lubiyatga uchradi, lekin tezda qaytib, chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Badu Jek ham o'zini yaxshi xis qilmayotgan edi. Unga ham o'ziga bo'lgan ishonchni qaytara oldim. Ishe Smit va Ronald Gavril haqida ham ijobiy fikr bildira olaman”, – dedi Meyvezer.
Eslatib o'tamiz, hamyurtlarimizdan Sanjar Rahmonov aynan Meyvezerga tegishli promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblanadi. MMA jangchisi Mahmud Murodov ham yaqinda Meyvezer bilan shartnoma imzolagan edi.
Havola :
Fikrlar