26 dek 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA

"Floydni mag'lub etish uchun yaponiyalik bolakaydan ko'ra Xabibda imkoniyat ko'proq"
Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes aytishicha, Floydni mag'lub etish uchun Tensin Nasukavadan ko'ra Xabibda imkoniyat kattaroq.
"Xabibni albatta Floyd bilan jangga tayyorlagan bo'lardim. Kim istamayapti bu jangni? Avval aytib o'tganimdek, bu yaxshigina pul olib keluvchi jangdir.
Xabib Floydni mag'lub eta oladi. Yaponiyadagi anavi boladan ko'ra bu ishni yaxshiroq uddalaydi - men bunga kafolat beraman. Uning imkoniyati ko'proq", - dedi Mendes.
Eslatib o'tamiz, Floyd 31 dekabr kuni Yaponiyada Tensin Nasukavaga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : Express.co.uk
Fikrlar