06 okt 13:44
Yangiliklar
Tennis

Fomin 200 000 dollarlik turnirda 4-raketkani mag'lub etdi
Xitoyning SHandun provinciyasi Jinan shahrida "CHellenjer" turkumiga kiruvchi Jinan Open turniri bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 200 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirning saralash bahslarida hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk davrada saralashda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan yaponiyalik Rio Noguchini 6/7(4), 6/4, 7/6(2) hisobida mag'lub etishni uddaladi.
Taqqoslash uchun, Noguchi ATP reytingida 219, Fomin 492-o'rinni egallab turibdi. Uch soatu to'rt daqiqa davom etgan bahsda Rio 3, Sergey 11 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar hamyurtimizda ko'proq bo'ldi - 4 ga 1. Ertaga Fomin saralashning final uchrashuvida 10-raqam ostida saralangan qozog'istonlik Denis Evseevga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar