04 may 16:28
Yangiliklar
Fomin 44 ochko evaziga 69 pog'onaga yuqoriladi. Bu uning ATP`dagi eng yuqori reyting o'rni!
Quvonarlisi, SHimkent "CHellenjer" turniridagi chempionlik sabab mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin yaxshigina ko'tarilishga erishdi. U chempionlik uchun berilgan 44 ochko evaziga 69 pog'onaga yuqorilab, haftani dunyoning 290-raketkasi sifatida boshladi. Bu uning faoliyatidagi eng yuqori o'rni hisoblanadi. Ikkinchi raketkamiz Nikita Belozercev ikki o'ringa pastladi, uchinchi raketkamiz Humoyun Sultonov esa 3 pog'onaga ko'tarildi.
Afsuski, Maksim SHin 14, Amir Milushev esa 13, Damir Abdusamadov 3 o'ringa pastladi. Batir Sapaev 2, Ilya Ignatov va Abdulaziz Usmonjonov 3 o'ringa yuqoriladi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatildi. Rossiyalik Daniil Medvedev va italiyalik Lorenco Muzetti o'zaro o'rin almashib olishdi. Italiyalik Yannik Sinner Madrid "Masters" turniridagi chempionligi evaziga 1000 ochkoga ega bo'ldi va buning natijasida reyting peshqadamligini mustahkamlab oldi. Kuchli uchlikdan ispaniyalik Karlos Alkaras va Madrid "Masters" finalida Sinnerga yutqazgan germaniyalik Aleksandr Zverev joy olgan.
ATP reytingi. 4 may holatiga ko'ra Top-10:
1 (1). Yannik Sinner (Italiya) — 14 350 (+1000).
2 (2). Karlos Alkaras (Ispaniya) — 12 960.
3 (3). Aleksandr Zverev (Germaniya) — 5805 (+550).
4 (4). Novak Jokovich (Serbiya) — 4700 (-10).
5 (5). Feliks Oje-Alyassim (Kanada) — 4050 (-50).
6 (6). Ben SHelton (AQSH) — 4030 (-40).
7 (7). Teylor Fric (AQSH) — 3770 (-100).
8 (8). Aleks de Minor (Avstraliya) — 3755 (-90).
9 (10). Daniil Medvedev (Rossiya) — 3460 (-100).
10 (9). Lorenco Muzetti (Italiya) — 3415 (-300).
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
290 (359). Sergey Fomin — 183 (+44)
780 (778). Nikita Belozercev — 36
802 (805). Humoyun Sultonov — 34
982 (968). Maksim SHin — 19
1391T (1378T). Amir Milushev — 5
1865T (1867T). Batir Sapaev — 1
1954T (1957T). Ilya Ignatov — 1
1954T (1957T). Abdulaziz Usmonjonov — 1
2059T (2062T). Damir Abdusamadov — 1

Fikrlar