16 noy 15:54
Yangiliklar
Tennis
Fomin Bahrayn turniri finalida o'ynaydi
Bugun Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir nihoyasiga etadi.
Kecha musobaqa doirasida yarim final bellashuvlari o'tkazildi. Unda o'zbekistonlik Sergey Fomin Germaniya vakili Maksimilyan Xombergga (ATP-959) qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 17 daqiqa davom etgan bahsda Fomin raqibiga hech qanday imkon qoldirmagan holda g'alaba qozondi — 6/4, 6/1.
Endi Sergey bugun musobaqa g'olibligi yo'lida polshalik Olaf Pechkovski bilan to'qnash keladi. Bahs bizning vaqt bilan soat 17:00 da boshlanadi.
Malumot o'rnida, Fomin ayni damda ATP reytingida 404, Pechkovski esa 517-o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar