04 avg 15:39
Yangiliklar

Fomin Bonn Open turniri saralashida kortga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 91 250 evroni tashkil etuvchi Challenger 75 toifasiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z imkoniyatini sinab ko'rdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi saralash bahslarida ishtirok etadi.
Saralashda 10-raqam ostida saralangan Fomin 1/2 finalda braziliyalik Uilson Leyteni 6/1, 7/5 hisobida mag'lub etdi. Biroz avval yakuniga etgan final bahsida esa saralashning 4-raketkasi argentaniyalik Gonsalo Villanuevaga 6/7(1), 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bir soatu 29 daqiqa davom etgan uchrashuvda ATP reytingida 374-o'rinni egallab turgan Gonsalo 6, 476-pog'onadan joy olgan Sergey esa 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Uchta qo'shxatoga yo'l qo'ygan Fomin uchun musobaqa yakuniga etdi. Villanueeva esa turnirning asosiy to'riga yo'l oldi.
Fikrlar