02 mar 19:22
Yangiliklar
Fomin Fujayra, Kudermetova esa Antaliyadagi "CHellenjer" turnirida qatnashadi
Erkaklar o'rtasida mamlakatimizning birinchi raqamli raketkasi Sergey Fomin ertadan Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida o'tkaziladigan "CHellenjer" turniri asosiy to'rida o'z yurishini boshlaydi. Unga ilk bosqichda neytral maqomdagi tennischi Petr Barbiryukov raqiblik qiladi. 25 yashar Fomin hozirda ATP reytingida 326, 24 yoshli Barbiryukov esa 298-o'rinni egallab turibdi. O'yin Toshkent vaqti bilan 11:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tennis malikalarimizdan biri Polina Kudermetova (WTA-148) Antaliyadagi navbatdagi "CHellenjer" musobaqasida omadini sinab ko'radi. U dastlabki bosqich doirasida neytral maqomdagi Alina CHaraeva (WTA-138) bilan bahs olib boradi. Nimchorak final yo'lidagi bellashuv 12:00 ga belgilangan.
Fikrlar