04 iyu 08:44
Yangiliklar

Fomin ikkinchi raketkaga qarshi 4 soatlik uchrashuv o'tkazdi
Unda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin ham ishtirok etdi. Hamyurtimiz ilk davrada germaniyalik Tom Sikkenbergerni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etgandi - 6/3, 6/1.
Afsuski, tennischimiz 1/8 finalda turnirning ikkinchi raketkasi, shveycariyalik Remi Bertolaga munosib qarshilik ko'rsatib, yakunda alamli tarzda mag'lubiyatga uchradi. To'rt daqiqasi kam to'rt soat davom etgan uchrashuvning birinchi seti 6/2 hisobida Remi foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setni Fomin tay-brekda o'z foydasiga hal qildi - 7/6(9).
Hal qiluvchi uchinchi set ham tay-brekka qadar etib bordi. Sergey hatto match-bollga ham ega bo'ldi. Lekin bu imkoniyatdan u foydalana olmadi. Natijada Bertola 7/6(7) hisobida zafar quchib, 1/4 final ishtirokchisiga aylandi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ayni paytda dunyoning 442-raketkasi bo'lib turibdi. Remi Bertola esa ATP reytingida 314-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Fikrlar