27 jan 12:20
Yangiliklar
Fomin Manama Challenger 125 saralashini g'alaba bilan boshladi
Musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Mamlakatimizning birinchi raketkasi 1/2 finalida italiyalik Enriko Baldisserriga qarshi bahs olib bordi. Fomin 57 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6/1, 6/2 hisobida g'alaba qozondi. Sergey 4 ta, Enriko esa 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin saralash turnirida sakkizinchi raqam ostida tasniflangan bo'lib, ayni paytda ATP reytingida 338-pog'onadan joy olgan. Saralashga imtiyozli chipta asosida qo'yilgan Baldesserri esa hali reytingga ega emas. Birozdan so'ng tennischimiz asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda bolgariyalik Dimitar Kuzmanovga qarshi kortga chiqadi. Saralashda uchinchi raqam ostida saralangan Kuzmanov dunyoning 266-raketkasi bo'lib turibdi.

Fikrlar