25 noy 07:28
Yangiliklar
Tennis
Fomin Manama "CHellenjer" turnirida muvaffaqiyatli start oldi
Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo'yicha Challenger 50 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 60 ming dollarni tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'ryapti. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischiga aylanib olgan Fomin 1/16 final bosqichida amerikalik Dali Blanchni uch set natijasiga ko'ra qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 6/7(2), 7/6(1), 6/3.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin yangilangan reytingda 358, Blanch esa 451-o'rinni egallab turibdi. Ikki soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda Dali 7, Sergey 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar tennischimizda ko'proq bo'ldi - 5 ga 3. Turnirda sakkizinchi raqam ostida saralangan Fominning 1/8 finaldagi raqibi bugun aniq bo'ladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar