25 may 18:40
Yangiliklar
Tennis
Fomin Moldova CHellenjerining asosiy to'riga yo'l oldi
SHu kunlarda Moldovaning Kishinyov shahrida tennis bo'yicha ATP Challenger turniri bo'lib o'tmoqda.
Bugun musobaqaning kvalifikaciya bosqichi nihoyasiga etdi.
Saralashning hal qiluvchi bellashuvlaridan birida hamyurtimiz, mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Sergey Fomin Ruminiya vakili, 22 yashar Drago Kazachuga qarshi kortga chiqdi.
1 soat, 18 daqiqa davom etgan bahsda Sergey 2:0 (6/2, 6/3) hisobida zafar quchdi va musobaqa asosiy to'riga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, 25 yoshli Sergey Fomin hozirda ATP reytingida 294, Drago esa 849-o'rinni egallab turibdi. Yurtdoshimiz endi ilk davrada dunyo reytingida 282-o'rinni band etib turgan hindistonlik Sumit Nagal bo'ladi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar