26 mar 11:49
Yangiliklar
Tennis
Fomin reytingda o'zidan deyarli 600 pog'ona quyidagi tennischiga mag'lub bo'ldi
Kecha xabar berganimizdek, o'zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Xitoyning Maanshan shahrida start olgan ITF M15 Maanshan 4 turnirida ishtirok etayotgandi.
Hamyurtimiz bugun musobaqa nimchorak finali doirasida xitoylik tennischi Sun Qianga qarshi kortga chiqdi.
O'yinda Sergey kambek qurboni bo'ldi — 7/5, 4/6, 4/6.
Bahs davomida xitoylik tennischida eyslar ko'proq bo'ldi — 5/2.
Taqqoslash uchun, 25 yashar Sergey Fomin hozirda ATP reytingida 334, 24 yoshli Sun Qian esa 949-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar