07 jan 14:52
Yangiliklar
Fomin reytingda o'zidan sezilarli darajada yuqori bo'lgan francuz tennischisini mag'lub etdi
SHu kunlarda Tailandning Nontxaburi shahrida tennis bo'yicha ATP tasnifiga kiruvchi CHellenjer musobaqasi o'tkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan O'zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin nimchorak final bosqichi doirasida kortga chiqdi. Franciyalik 22 yoshli Rober Bertrandga qarshi kechgan o'yinda Fomin 2:0 (6/3, 6/4) hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Takidlash joiz, Bertrand o'yin oldidan ATP reytingida 302-o'rinni egallab turgandi.
Bu har ikki tennischi uchun o'zaro ilk qarama-qarshilikka aylandi. Hamyurtimiz endi yarim final yo'lida chexiyalik 30 yoshli Marek Gengel bilan to'qnash keladi. O'yin ertaga 8:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Malumot uchun, 24 yashar Sergey Fomin dunyo reytingida hozirda 340, Gengel esa 415-o'rinda qayd etilgan.
Fikrlar