07 okt 12:38
Yangiliklar

Fomin saralashning finalida qozoq tennischisiga bir set qarshilik ko'rsatdi
Mukofot jamg'armasi 200 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirning saralash bahslarida hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'rdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk davrada saralashda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan yaponiyalik Rio Noguchini 6/7(4), 6/4, 7/6(2) hisobida mag'lub etishni uddalagandi.
Afsuski, u saralashning final uchrashuvida 10-raqam ostida saralangan qozog'istonlik Denis Evseevga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Etmish besh daqiqa davom etgan bahsda Fomin raqibiga bir setgina qarshilik ko'rsata oldi, xolos - 6/7(1), 0/6. Sergey 1, Denis 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Taqqoslash uchun, Noguchi ATP reytingida 219, Fomin 492, Evseev 341-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar