25 apr 18:24
Yangiliklar
Tennis
Fomin Shymkent Challenger 50 turniridan nechchi ochko hamda pul mukofoti ishlab oldi?
Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi faoliyatidagi ikkinchi ATP Challenger turkumiga kiruvchi turnirida chempion bo'ldi.
Bir haftalik muvaffaqiyatli ishtirok 25 yoshli hamyurtimizga 50 ATP reyting ochkosi hamda 9 500 AQSH dollari miqdorida mukofot puli keltirdi. Finalda Fominga yutqazgan turnirning birinchi raketkasi qozog'istonlik Timofey Skatov esa 25 reyting ochkosi hamda 5 500 dollar mukofot puliga ega bo'ldi.
Yarim finalchilar 14 ochko va 3 145, 1/4 finalchilar 8 ochko va 1 800, 1/8 finalchilar 8 ochko va 1 010 dollar mukofot pulini qo'lga kiritishdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar