21 apr 14:17
Yangiliklar
Fomin Shymkent Challenger turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Mukofot jamg'armasi 63 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirda mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli start oldi. Hamyurtimiz biroz avval yakuniga etgan 1/16 final bahsida ukrainalik Vladislav Orlovni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 3/6, 6/3.
Taqqoslash uchun, Fomin ayni paytda ATP reytingida 359, asosiy to'r bahslariga saralash turniri orqali etib kelgan Orlov esa 530-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi bo'lib, Fomin bugungi g'alabasi evaziga hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1. Ikki soatu 14 daqiqa davom etgan bahsda Fomin 3, Orlov 1 ta eys zarbani amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham 5 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi.

Fikrlar