25 mar 15:49
Yangiliklar
Tennis
Fomin Xitoy turnirini g'alaba bilan boshladi
Xitoyning Maanshan shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida ITF turkumidagi M15 Maanshan 4 turniri start oldi.
Musobaqaning ilk bosqichida O'zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin mezbon yurt vakili Ksiaofey Vangga qarshi kortga chiqdi. O'yinda Sergey 2:0 (6/1, 6/1) hisobida zafar quchib, nimchorak finalga yo'l oldi.
Yana bir hamyurtimiz — Maksim SHin esa franciyalik Luis Laruega imkoniyatni boy berdi.
Endi Fomin chorak final yo'lida boshqa bir xitoylik tennischi — Sun Qian bilan to'qnash keladi.
Taqqoslash uchun, 25 yashar Sergey Fomin hozirda ATP reytingida 334, 24 yoshli Sun Qian esa 949-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar