02 apr 13:20
Yangiliklar
Tennis
Fomin Xitoyda chorak finalga chiqdi
O'zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Xitoyning Maanshan shahrida davom etayotgan ITF M25 turniridagi ishtirokini davom ettirmoqda.
Hamyurtimiz bugun musobaqa nimchorak finali doirasida italiyalik Aleksandr Bindaga qarshi bahs olib bordi. Ikki soatu 51 daqiqa davom etgan bahsda Fomin uch set yakuniga ko'ra 6/3, 5/7, 6/3 hisoblarida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, hozirda Sergey ATP reytingida 336, 24 yoshli Binda esa 477-o'rinda bormoqda. Endi 25 yashar Fomin 1/4 finalda Buyuk Britaniya vakili CHarls Brum bilan to'qnash keladi. 27 yoshli Brum dunyo reytingida 244-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar