30 okt 13:25
Yangiliklar
Tennis
Fomin Xitoyda o'yinsiz chorak finalga yo'l oldi
Cyandaoxu shahrida (Xitoy) o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ITF M25 turnirida nimchorak final bosqichi nihoyasiga etmoqda.
Biroz avval turnir doirasida mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Humoyun Sultonov avstraliyalik raqibiga mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgani haqida xabar bergandik.
Sergey Fomin ham chorak final yo'lida kortga chiqishi kerak edi. Biroq uning ukrainalik 38 yoshli Ilya Marchenkoga qarshi bahsi bekor qilindi. Marchenko o'yinda ishtirok eta olmasligini bildirdi. Bu holatda Sergey Fomin to'g'ridan-to'g'ri chorak final bosqichiga yo'l oldi.
Endi uning keyingi raqibi Malayziya vakili Mitsuki Vey Kang Leong bo'ladi. O'yin 31 oktyabr kuni 7:00 da boshlanishi belgilangan.
Malumot uchun, Fomin ayni damda ATP reytingida 463, Leong esa 777-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar