01 noy 10:59
Yangiliklar
Tennis
Fomin Xitoyda sensaciya ko'rsatib, finalga yo'l oldi!
Xitoyning Cyandaoxu shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha ITF M25 turniri o'zining yakuniy pallasiga kirdi.
Musobaqada to'rtinchi raqam ostida saralangan Fomin tongda Xitoy vakili, turnirning birinchi raqamli tennischisi Sun Fajingga qarshi kortga chiqdi. Yarim final bosqichidagi mazkur bellashuv 2 soatu 16 daqiqa davom etdi. Yakunda Fomin sensaciya qayd etgan holda 2:1 (6/3, 2/6, 6/4) hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, bugungi o'yin oldidan Fomin ATP reytingida 462, Sun Fajing esa 251-o'rinni egallab turgandi.
Endi 24 yashar hamyurtimiz turnir g'olibligi uchun neytral maqomdagi raketka ustasi Nikolay Galakka qarshi bahs olib boradi. Sergeyning dunyo reytingida 863-o'rinda borayotgan Galakka qarshi o'yini ertaga soat 7:00 da boshlanishi belgilangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar