29 okt 09:36
Yangiliklar
Tennis
Fomin Xitoydagi turnirda muvaffaqiyatli start oldi, navbat Sultonovga!
Xitoyning Cyandaoxu shahrida tennis bo'yicha ITF M25 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Unda mamlakatimizning birinchi hamda ikkinchi raketkalari Humoyun Sultonov va Sergey Fomin ham ishtirok etyapti. Biroz avval turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Fomin 75 daqiqa davom etgan ilk davra uchrashuvida xitoylik Jeng Dongni 6/2, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, Sergey ATP reytingida 462, Dong esa 1383-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Birozdan so'ng turnirning ikkinchi raketkasi bo'lgan Humoyun Sultonov 1/16 finalda qozog'istonlik Grigoriy Lomakinga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar