28 dek 17:25
Yangiliklar
Boks/MMA

FOTO. Boks federaciyasida yil yakunlariga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi
Bugun O'zbekiston boks federaciyasida 2016 yil yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Marosimda O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Jahongir Boltaboev hamda Rio Odimpiadasining boks bahslarida g'olib va sovrindorlar safidan joy olgan muzaffar charm qo'lqop ustalarimiz ishtirok etishdi.
Tadbirni federaciya bosh kotibi kirish so'zi bilan ochar ekan, 2016 yil tom manoda o'zbek sporti uchun atalganini alohida takidladi. Jahongir Boltaboev o'z so'zida 2017 yil rejalariga ham to'xtalib o'tdi.
Uning so'zlariga ko'ra, bokschilarimiz bu yilgi natijalar tasodifiy emasligini 2017 yilgi sport mavsumida ham isbotlash uchun astoydil harakat qilishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar