10 dek 08:20
Yangiliklar
Boks/MMA

FOTO. Bokschilarimiz Riga Open turnirida muvaffaqiyatli start olishdi
Latviya poytaxti Riga shahrida boks bo'yicha xalqaro turnir boshlandi.
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Riga Open musobaqasida MDH hamda yaqin xorij mamlakatlari bokschilari ishtirok etishyapti. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi charm qo'lqop ustalari ham bor .
Terma jamoa tarkibidan Sirojiddin G'ulomjonov, Abdulxay SHoraxmatov, Abdulxay, Elnur Abduraimov, Mahmud G'oipov va Bahodir Jalolov joy olishgan.
Birinchi kungi janglarda hamyurtlarimizdan Sirojiddin G'ulomjonov, Elnur Abduraimov va Mahmud G'oipovlar ringga ko'tarilishdi va raqiblarini mag'lubiyatga uchratishdi.
Bugun yarim final janglarida Bahodir Jalolov va Abdulhay SHorahmatovlar ringga ko'tarilishadi. Musobaqa Riga shahridagi “Rigas Sporta Maneza” arenasida o'tkazilyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:37
SHaxmatchilarimiz Butunjahon O'smirlar Olimpiadasida Hindiston va Kanadaga qarshi bahs olib borishdi 0
Fikrlar
N1