29 dek 08:15
Yangiliklar
Boks/MMA

FOTO. Bokschilarimizga “Kamolot” YOIH sovg'alari topshirildi
O'zbekiston boks federaciyasida 2016 yil yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Marosimda O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Jahongir Boltaboev hamda Rio Odimpiadasining boks bahslarida g'olib va sovrindorlar safidan joy olgan muzaffar charm qo'lqop ustalarimiz ishtirok etishdi.
Marosim yakunida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi bokschilarimizga bayram sovg'alari topshirildi.
Yurtimiz shon-shuhratini yuksaltirishga salmoqli xissa qo'shgan olimpiyachilarimiz o'tgan uch oy mobaynida Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlarda bo'lib, mahalliy yoshlar bilan uchrashishdi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etilgan ko'plab tadbirlarda ishtirok etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar