03 dek 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA

FOTO. Do'smatov va Xo'jaevga “Oltin Mangust” mukofoti topshirildi
Ukrainaning Odessa shahrida xalqaro “Oltin Mangust” mukofotining bu yilgi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
O'z tarixida sakkizinchi bor o'tkazilgan “Oltin Mangust” (International Sports Award “Golden Mongoose”) sovrini sportda yuqori natijalarni qo'lga kiritgan sportchilarga taqdim etiladi.
O'tgan davr mobaynida 80 nafarga yaqin sportchi, murabbiy, tadbirkor, siyosatchi va hukumat vakillari ushbu nufuzli mukofotga loyiq ko'rilishgan.
Quvonarlisi, bu yilgi “Oltin Mangust” mukofoti topshirilgan baxtli insonlar qatorida O'zbekiston vakillari ham bor edi.
Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov hamda Butunjahon Boks seriyasi musobaqasida yarim finalga qadar etib borgan “O'zbek yo'lbarslari” jamoasi murabbiyi Ravshan Xo'jaev “Oltin Mangust” xalqaro mukofoti bilan taqdirlanishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar