10 iyu 11:48
Yangiliklar
![](/upload/storage/75_220.jpg)
FOTO. Dunyo Muhammad Ali bilan xayrlashyapti
Bugun bokschi islom qoidalari asosida o'zi tug'ilib o'sgan Luisvill shahriga dafn qilinadi.
Kechadan
aynan Luisvill shahrida ikki kunlik motam boshlandi. Alining janoza
namoziga 15 ming kishi hozir bo'lgani aytilmoqda. Freedom Hall arenasida
tashkil etilgan vidolashuv marosimi 20 daqiqa davom etdi.
Aynan mana shu arenada bokschi 1960 yili professional boksdagi ilk jangini o'tkazgan edi.
Muhammad Ali bilan vidolashuv marosimida Turkiya prezidenti Rejep Toyib Erdogan, amerikalik afsonaviy promouter Don King, amerikalik sobiq mashhur bokschi SHugar Rey Leonard kabi taniqli insonlar ishtirok etishdi.
SHuningdek, marosimda AQSH sobiq prezidenti Bill Klinton. Iordaniya Qiroli Abdulla II, sobiq boks afsonalari Larri Xolms, Jorj Forman singari mashhurlar qatnashishdi.
Fikrlar