04 fev 11:31
Yangiliklar

FOTO. G'oibnazarov Bob Arum bilan shartnoma imzolashga yaqin
Fazliddin shu kunlarda murabbiyi Abror Tursunpo'latov bilan birga dunyo boks markazi xisoblangan AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib turibdi.
Hamyurtimizga AQSHdagi bir nechta promouterlik kompaniyalari tomonidan taklif tushgan. Ayni paytda u afsonaviy promouter Bob Arum bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Fazliddinning bizga xabar berishicha, tez kunda Arumga tegishli promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolanadi.
Malumot uchun, Arum ko'plab jahon chempionlariga promouterlik qilgan. Ular orasidan birgina filippinlik Menni Pakyaoni eslash kifoya. SHartnoma imzolanishi bilan saytimizda Fazliddin G'oibnazarov bilan eksklyuziv intervyuni o'qishingiz mumkin bo'ladi.
Fikrlar