11 avg 03:05
Yangiliklar
FOTO. G'oibnazarov texnik nokaut evaziga muddatidan avval g'alabaga erishdi
Ko'z tegmasin, hozircha charm qo'lqop ustalarimiz mag'lubiyatsiz odimlashyapti. Hozirgina Olimpiadaning beshinchi kungi bahslarida so'nggi uchinchi vakilimiz ham chiroyli g'alabaga erishdi.
-64 kg vazn toifasidagi vakilimiz Fazliddin G'oibnazarov Riodagi ilk jangida ishtirok etdi. U kongolik bokschi Dival Jalamou Malongoga qarshi ringga ko'tarildi. Jang muddatidan avval yakunlandi. Uch marotaba hisobni ochgan shveciyalik referi uchinchi raundning so'nggi daqiqalarida jangni to'xtatdi.
Malumot uchun, 25 yoshli hamyurtimiz ikkinchi bor to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etyapti. Kongolik bokschi esa 21 yoshni qarshilagan va u uchun Rio Olimpiadasi faoliyatidagi dastlabki nufuzli musobqa bo'ldi.
Fikrlar