20 jan 09:30
Yangiliklar

FOTO. Hamyurtimiz MGM Grand arenasida chempionlik jangida ringga chiqadi
Havaskor boksda O'zbekiston chempioni bo'lgan SHerali Mamajonov o'z omadini AQSH professional ringlarida ham sinab ko'rishga qaror qilgan. Mamajonov AQSHning Florida shtati Orlando shahrida murabbiy Dan Koto qo'l ostida mashg'ulotlarda ishtirok etyapti.
28 yanvar kuni hamyurtimiz AQSH zaminidagi ilk jangini o'tkazadi. Uning raqibi amerikalik Devid Benavidis bo'ladi. SHerali professional faoliyatida 15ta jang o'tkazib, raqiblarini 8 bor nokautga uchratgan.
Uning raqibi esa ancha kuchli bokschi hisoblanadi. Benavidis 16ta jangning 15tasida raqiblarini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan. O'z vazn toifasida dunyoning 20 nafar kuchli bokschisi qatorida etirof etiladi.
Etiborlisi, ushbu jang AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi muhtasham MGM Grand arenasida bo'lib o'tadi. Bokschilar qitalararo WBC chempionlik kamari uchun ringga ko'tarilishadi.
Fikrlar