21 avg 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA

FOTO. Konor Makgregor mag'lubiyat uchun Diasdan revansh oldi
Hozirgina uzoq kutilgan aralash qoidalar bo'yicha UFC 202 shousi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor ishtirokida bo'lib o'tdi. Konor Neyt Diasga qarshi revansh jangida ishtirok etdi.
Besh raund davom etgan dramatik jangda Konor Makgregor raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan u birinchi jangdagi alamli mag'lubiyat uchun revansh oldi.
Jang yakunlanganidan so'ng Makgregor “Qirol qaytdi!” deya xitob qildi. Hakamlarning xulosasidan norozi bo'lgan Dias esa Konorni uchinchi hal qiluvchi jangga chorladi.
Havola :
Fikrlar
Давлатимиз бош максади ва гояларидан бири хам аклан хам жисмонан соглом фарзандларни тарбиялаш.