22 okt 19:41
Yangiliklar

FOTO Konor va Xabib rus tilida tashashishdi
Xabar berganimizdek, irlandiyalik sobiq chempion 24 oktyabr kuni Moskva shahrida maxsus matbuot anjumani tashkil etmoqda. Unda Konor o'z rejalari bilan o'rtoqlashadi.
Etiborlisi, Makgregor o'zining Tvitter sahifasida rus tilida Xabib manziliga xabar qoldirgan. Nurmagomedov esa Konorga o'zining javobini uzoq kuttirmadi.
Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o'rtasidagi yangi nizoning kelib chiqishiga UFC prezidenti Dana Uaytning “The Boston Globe”ga bergan intervyusi sabab bo'lgandi
“Konor Xabibga qarshi revansh jangida oktagonga chiqishni istayapti. Lekin uni Toni Fergyusonga qarshi jang kutib turibdi. Xabib esa Jorj Sent-Per bilan jang qilmoqchi. Hozir tanlash huquqi Xabibda, Konorda emas”, - degandi Uayt.
Fikrlar