08 avg 18:13
Yangiliklar
Boks/MMA

FOTO Mahmud Muradov Las-Vegasda Meyvezer bilan uchrashdi, UFCdagi debyut yaqin chog'i
Bir necha yildan beri CHexiyada oktagonga chiqib kelayotgan aralash qoidalar jangchimiz Mahmud Muradov shu kunlarda AQSHda bo'lib turibdi.
Hamyurtimiz Nevada shtati Las-Vegas shahrida amerikalik afsonaviy engilmas bokschi Floyd Meyvezer bilan uchrashdi. Bu ularning birinchi uchrashuvi emas. Mahmud o'tgan yili ham faoliyatini mag'lubiyat va durangsiz yakunlagan Floyd bilan AQSHda uchrashgan edi.
O'shanda Muradovning Meyvezerga tegishli Mayweather Promotions promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan va etiborlisi, u bu bilan kompaniyaning ilk MMA jangchisiga ham aylangandi.
Agar shartnoma o'z kuchida qolgan bo'lsa, u holda Mahmud Muradov tez orada aralash qoidalardagi eng mashhur promoushen - UFCda debyut jangini o'tkazishi mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar