28 jan 10:45
Yangiliklar

FOTO. Mamajonov - Benavidis. Bokschilar MGM Grand arenasida tarozidan o'tishdi
Etiborga molik jihati shundaki, boks oqshomida hamyurtimiz SHerali Mamajonov ringga ko'tariladi. Uning raqibi amerikalik Devid Benavidis bo'ladi. Bokschilar qitalararo WBC chempionlik kamari uchun ringga chiqishadi.
SHerali professional faoliyatida 15ta jang o'tkazib, raqiblarini 8 bor nokautga uchratgan. Uning raqibi esa 16ta jangning 15tasida raqiblarini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan. O'z vazn toifasida dunyoning 20 nafar kuchli bokschisi qatorida etirof etiladi.
Havaskor boksda O'zbekiston chempioni bo'lgan SHerali Mamajonov o'z omadini AQSH professional ringlarida sinab ko'rishga qaror qilgan. Mamajonov AQSHning Florida shtati Orlando shahrida murabbiy Dan Koto qo'l ostida mashg'ulotlarda ishtirok etyapti.
Bugun bokschilar tarozidan o'tish marosimida qatanshishdi. Har ikkala bokschi ham belgilangan vazn (76 kg)ni qayd etishdi.
Fikrlar