So’nggi yangiliklar

02:28Янник Синнер - "Уимблдон" чемпиони! 0 02:24"Челси" - клублар ўртасидаги жаҳон чемпиони! 0 18:48Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер 0 18:24"UFC'дагилар Анкалаев ютқазишини сўраб илтижо қилиб ўтиришганди" - менежер 0 18:06Усик бугунги куннинг энг кучли боксчиси кимлигини айтди 0 17:45Холлоуэй: "Иккита трилогияда 0:3 ҳисобида ютқазган спортчи бўлишни хоҳламайман" 0 17:24Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди 0 17:03Усик ўз фаолиятидаги 5 та асосий воқеани санаб берди 0 16:42"Нима учун йўқ?". Менежер Махачевнинг Топурияга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 16:21"Делла Маддалена — Махачевнинг фаолиятидаги энг қийин рақиб" 0 16:00МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди 0 15:39"Забит ММАга қизиқмай қўйди" - Абдел-Азиз 0 15:18Наоя Иноуэ - Муроджон Аҳмадалиев оқшоми чипталари сотувга чиқди 0 14:57Дана Уайт: "Оқ уйдаги UFC турнирини Трампнинг қизи Иванка ташкил қиляпти" 0 14:36Месси 6 ўйинда 11 та гол урди 0

06 fev 08:19
Yangiliklar

Boks/MMA

FOTO. Murodjon Ahmadaliev AQSHga jo'nab ketdi, chempionlik jangi yaqin!

Professional boksning birinchi yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz Murodjon “Kaka” Ahmadaliev kecha tunda AQSHga jo'nab ketdi.

Ahmadaliev Toshkent - Moskva aviareysi orqali Nyu-Yorkka uchadi. U shu kungacha 5 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alabaga erishgan. Nokaut evaziga qo'lga kiritilgan g'alabalari soni 4 ta. Hozirda WBA Intercontinental chempionlik kamari egasi bo'lib turibdi. 

Kecha matbuotda charm qo'lqop ustamizning keyingi jangini amaldagi WBA yo'nalishi chempioni amerikalik Daniel Romanga qarshi o'tkazishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Bu malumotni hamyurtimiz mijoz bo'lgan Rossiyaning “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi menejeri Vadim Kornilov ham tasdiqlagandi. 

Ahmadjonov va Romanning promouterlari yaqin 24 soat ichida jang o'tkazish va uning shartlari bo'yicha kelishib olishlari lozim. Aks holda boshqa promouterlar o'rtasida ochiq savdo o'tkaziladi. 

Malumot uchun, Roman prof boksdagi faoliyati davomida jami 29ta jang o'tkazgan. Janglarning 26tasida g'alabaga erishgan. Ikki jangda durang natija qayd etilgan. Faqat bir marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
06 fev 09:38:57
Dilshot Solihov
2 kara alinpiyada chimpiyoni Sobig chimpion KUBALIK Gilermo Rigondis 14 oylik tanafusdan keyin qayti Murotjonga Danieldan keyingi asosi raqib
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing