13 sen 10:11
Yangiliklar

FOTO Murodjon Ahmadaliev taroziga chiqdi, ertaga tong saharda jang!
Hamyurtimiz kolumbiyalik Vilner Sotoga qarshi ringga ko'tariladi. Bugun bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Har ikkala bokschi ham ikkinchi engil vazn toifasi uchun belgilangan vazn (55,3 kg) meyorini bajarishdi.
Eslatib o'tamiz, Muodjon Ahmadaliev aslida ertaga ikki yo'nalish bo'yicha jahon chempioni amerikalik Daniel Romanga qarshi jang ringga ko'tarilishi lozim edi. Ammo, Roman jarohat sabab chempionlik jangi beko bo'lgan edi.
Malumot uchun, Ahmadaliev shu kungacha prof boksda 6 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut). Soto esa professional ringda 28 ta jang o'tkazgan va ularning 22 tasini o'z foydasiga hal qilgan (12 ta nokaut). Olti marotaba mag'lubiyatga uchragan (2 ta nokaut).
Fikrlar