So’nggi yangiliklar

11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0

31 avg 10:05
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

FOTO. Murodjon Ahmadalievga ikki xonali xonadon kaliti topshirildi

Yaqinda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilgan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida Namangan boks maktabi tarbiyalanuvchisi Murodjon Ahmadaliev bronza medalni qo'lga kiritib, yurtimiz dovrug'ini yuksaklarga ko'tardi.

Muhtaram Prezidentimiz sovg'a qilgan “Malibu” avtomashinasida poytaxtimizdan yo'lga otlangan chustlik 22 yoshli Olimpiada sovrindori Murodjon Ahmadaliev Namanganda bayramona kayfiyatda, olqishlar bilan kutib olindi. Namangan viloyati hokimligida bo'lib o'tgan g'olib sportchini sharaflash marosimida viloyatimiz sport jamoatchiligi vakillari, ustoz murabbiylar, sportchi yoshlar ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati azosi Xayrullo Bozarov yig'ilganlarni istiqlolimizning 25 yillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. Murodjonni eng nufuzli sport musobaqasida erishgan bronza medali, “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” faxriy unvoniga sazovor bo'lgani bilan qutlar ekan, bu yutuq eng ulug', eng aziz bayramimiz – istiqlol shodiyonasi oldidan xalqimizga munosib tuhfa bo'lganligini takidladi.


Olimpiya o'yinlari tarixida Namanganimizdan birinchi bor sovrindor bo'lish baxti nasib etgan Murodjonni ko'rgan bolajonlar qalbida: “Men ham Murodjon akamga o'xshab, albatta chempion bo'laman, Olimpiya o'yinlarida ona Vatan sharafini munosib himoya qilaman”, degan ezgu istak va havas uyg'ongani shubhasiz. Bu tadbirda so'z olgan umidli sportchilar Hayotbek Rahimov va Mohinur Ahmadjonovalarning dil so'zlarida ham o'z ifodasini topdi.

- Olimpiya o'yinlarida erishgan medalimni mustaqilligimizning 25 yilligiga bag'ishlayman. Meni qo'llab-quvvatlagan, muxlis qilgan barcha yurtdoshlarimga tashakkur aytaman. Bu yutug'im Prezidentimizning biz yoshlar kamoloti yo'lida ko'rsatayotgan doimiy etiborlari mahsulidir, - dedi tadbirda so'zga chiqqan O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Murodjon Ahmadaliev.


Tantanali marosimda iqtidorli bokschimizga viloyat hokimligi tomonidan Namangan shahrining Boburshoh ko'chasida barpo etilayotgan ko'pqavatli uydan ikki xonali xonadon kaliti berildi. Murodjonni shu darajada el koriga yaraydigan qilib voyaga etkazgan ota-onasi Qahhorjon Ahmadaliev, Oyshaxon aya Fayozovaga, 77 yoshli buvisi To'xtaxon aya hamda ustoz-murabbiylari Ilhomjon Mirzaholov, Qobiljon Karimovlarga qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.

Tadbirda Murodjonning otasi Qahhorjon Ahmadaliev, birinchi murabbiyi Ilhomjon Mirzaholovlar so'zga chiqib, mamlakatimizda jismonan sog'lom va aqlan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotgan yuksak etibor va g'amxo'rlik uchun muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimovga minnatdorchilik izhor qildilar.


Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
31 avg 14:23:40
Adilbek
qoil hammaning omadini bershsin... Uylar mubborak Muradjon toylar bulsin shu uylarda
   
31 avg 18:57:42
sinchiklab kuzatuvchi
Bu xali boshlanishi. Keyingi faoliyatingda xam ulkan zafarlar tiliman
   
31 avg 17:44:28
Muxlis_UZ
Alloh barakali va fayzli qilsin! Endi oltin medalni kutib qolamiz, omad!!!
   
31 avg 14:49:14
Хуршид
баракалла!!!!
   
31 avg 12:38:40
BOBURSHOH
Barakalla
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing