04 sen 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA

FOTO Nurmagomedov Abu-Dabidagi avtograf-sessiyada ishtirok etdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etilgan avtograf-sessiyada ishtirok etdi.
Xabaringiz bor, rossiyalik jahon chempioni 7 sentyabr kuni aynan Abu-Dabida tashkilotning vaqtinchalik chempioni amerikalik Dastin Porega qarshi oktagonga ko'tariladi.
Nurmagomedov jamoasi bilan birga maxsus tadbirga tashrif buyurdi va turnir afishasiga o'z dasxatini qo'ydi. Bu Nurmagomedov uchun ikkinchi chempionlik himoya jangi bo'ladi. U o'tgan yilning oktyabr oyida Konor Makgregorni mag'lub etib, titulini ilk bor himoya qilgan edi.
Havola :
Fikrlar