22 apr 16:30
Yangiliklar

FOTO. Olimpiada chempioni Turkmaniston boks terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi
Olimpiada va jahon chempioni bo'lgan Lebzyak 2005-2008 hamda 2013-2016 yillarda Rossiya terma jamoasiga murabbiylik qilgan. Uning qo'l ostida Rossiya terma jamoasi Rio Olimpiadasida bitta oltin, bitta kumush hamda 2ta bronza medalini qo'lga kiritgandi.
Olimpiadadan so'ng Rossiya boks federaciyasi Lebzyak bilan shartnomani uzaytirmaslikni lozim topgandi. Rossiya terma jamoasini esa Oleg Menshikov qabul qilib oldi.
“Men Turkmaniston terma jamoasini Tokiodagi Olimpiadaga tayyorlayman. Oldimizga Olimpiada medalini qo'lga kiritish vazifasi qo'yildi. Menda KanadavaOzarbayjondan ham takliflar bo'lgandi. Lekin Turkmaniston boks federaciyasi taklif etgan sharoitlar yaxshiroq ko'rindi”, – dedi Lebzyak.
Fikrlar